Ertaga qanday ob-havo bölişi aytildi
Bu qiziq
−
13:02 537 2 daqiqa
Özgidromet ertaga, 31 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga köra, Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 0-5 daraja iliq, şimolda ba’zi joylarda 2-3 daraja sovuqqaça, kunduzi 15-20 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq böladi.
Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.
Sirdaryo viloyatida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi, ba’zi joylarda yomğir yoğişi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin. Keçasi va ertalab ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, dam oliş kunlarida havo özgaruvçan va iliq bölişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi