Dam oliş kunlari ayrim joylarda yomğir yoğadi
Bu qiziq
−
12:20 350 1 daqiqa
Dam oliş kunlarida havo özgaruvçan va iliq bölişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, faqat ertaga, 31 oktyabrda Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va keçga tomon Toşkent viloyatining ba’zi joylarida, joriy yilning 1 noyabrida esa keçasi va ertalab Farğona vodiysi viloyatlari va Toşkent viloyatining ayrim joylarida biroz yomğir yoğadi. Baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
30 oktyabrda Özbekiston hududi böyiça kam bulutli va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 17-22 daraja iliqqaça isiydi.
Havo harorati asosan keçalari 5–10 daraja iliq, şimolda 0–5 daraja iliq, kunduz kunlari 17–22 daraja iliqqaça böladi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toşkentda 30-31-oktyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. 1 noyabrda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida böladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda noyabr oyida qor yoğişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr