Yaponiyada “Xagibis” qurbonlari soni 100 nafarga yaqinlashdi

Olam

image

Avvalroq, Yaponiyaga “Xagibis” to‘foni yopirilgani va ko‘plab insonlarning yostig‘ini quritgani haqida xabar bergan edik.

Tabiiy ofatlar dunyoning eng rivojlangan davlatlarinining ham “belini” bukib qo‘yyapti. “Xagibis” Yaponiyaga yopirilganiga 2 hafta bo‘lganiga qaramay qurbonlar soni hamon ortib boryapti.

Bugun, 29 oktyabrga kelib “Xagibis” to‘foni va uning ortidan yuzaga kelgan suv toshqini natijasida halok bo‘lganlar soni 98 nafarga yetdi. Bu haqda Yaponiyaning milliy jamoatchilik telekanali xabar berdi. Ayni vaqtda 10 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanyapti.

Yaponiya Hukumati tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan tumanlarni “favqulodda tabiiy ofat hududlari” deb e’lon qildi. Shu orqali ushbu hududlarga davlat byudjetidan yordam ajratishni sezilarli oshirish imkoniyati yuzaga keldi. Ajratilgan pullar yo‘l va kanalizatsiya tizimini tiklash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash, mahalliy maktablarni ta’mirlash hamda qishloq xo‘jaligini muhim ashyolar bilan ta’minlashga sarflanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya sentyabr va oktyabrdagi to‘fon natijasida 170 mlrd iyen (1,6 mlrd dollar) zarar ko‘rgan. Xususan, “Xagibis” to‘foni 47 ta prefekturadan 38 tasiga zarar yetkazgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya to'fon Xagibis

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing