Yaponiya, Rossiya va BAAga ketayotgan migrantlarni o‘qitish uchun maxsus markazlar tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Yaponiya, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklariga ishga ketuvchilarni tilga va kasbga o‘rgatish markazlari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 14 sentyabr kuni imzolagan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvarga qadar:

•    Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;

•    Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabi;

•    Birlashgan Arab Amirliklarining rekruting “Tadbeer” markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazi;

•    Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasbga tayyorlash o‘quv markazlari tashkil etiladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan sifatida ro‘yxatga olingan oila a’zolariga, ular mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotganda  mikroqarzlar beriladi;

•    mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so‘mgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi;

•    mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi;

•    2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shaxslarga o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar tashqi migratsiya

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing