Yaponiya Putin va Lavrovning farzandlariga sanksiya kiritdi

Olam

image

Yaponiya hukumati bugun, 12 aprel kuni Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidan 398 kishi va 28 tashkilotga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishni ma’qulladi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

Sanksiyalar, xususan, Davlat Dumasi deputatlari, Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenov, Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov, Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Sergey Dronov, Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin, “NPK Texmash” AJ, MKB “Vimpel” va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning “xotini va qizi”, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “qizi” deb hisoblanuvchi shaxslarni o‘z ichiga olgan.

Bundan tashqari, 12 maydan boshlab “Sberbank” va “Alfa-Bank” aktivlari muzlatiladi va Rossiya Federatsiyasiga yangi investitsiyalar kiritish taqiqlandi. 12 maydan boshlab Rossiyaga investitsiya kiritish faqat maxsus ruxsatnomalar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 7 aprel kuni Tokioning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing