Yaponiya Bosh vaziri kelasi hafta chet elga boradi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga Hukumat rahbari sifatida chet elga safarini ilk bor kelasi hafta amalga oshiradi. Uning Indoneziya va Vetnamga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bunday bayonotni u bugun, 13 oktyabr kuni Liberal-demokratik partiya rahbariyati yig‘ilishida ma’lum qilgan. 

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Katsunobu Kato Vetnam hozirda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotgani sababli ushbu tashrif uchun tanlanganini aytgan. Uning aytishicha, Indoneziya tan olingan buyuk davlat bo‘lgani uchun tanlangan. 

Ta’kidlanishicha, Suga Vetnam Bosh vaziri Nguyen Suan Fuk va Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Yoshihide Suga lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi xorijiy safarini oktyabr oyining o‘rtalarida amalga oshirishi haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya parlamenti Sugani 16 sentyabr kuni yangi Bosh vazir etib tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

yaponiya suga

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing