Yaponiyada parranda grippi tarqalmoqda
Olam
−
05 noyabr 2020
3845Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagava prefekturasining Mitoyo shahrida parranda grippi tarqalmoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lum qilgan.
Shu munosabat bilan Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga mas’ul vazirliklarga parrandachilarni juda hushyor bo‘lishga, epidemiyaning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirishni buyurgan.
Ta’kidlanganidek, tez kunlarda Kagava prefekturasida parranda grippi tarqalishiga qarshi kurashish shtabi ochiladi.
Ma’lumot uchun, mahalliy parrandachilik fermasida 330 mingga yaqin tovuq so‘yilishi kutilmoqda. So‘nggi to‘rt kun ichida prefekturadagi 3,8 ming kasal tovuqlar esa allaqachon o‘lgan.
Avvalroq, Qozog‘istonning ham qator viloyatlarida yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi