AQSHda birinchi marta odam parranda grippidan vafot etdi
Olam
−
07 yanvar 2333 2 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlarida H5N1 tipidagi parranda grippidan birinchi o‘lim Luiziana shtatida qayd etildi. Bu haqda Luiziana Sog‘liqni saqlash departamenti xabar berdi.
Hisobotlarga ko‘ra, bu AQSHda H5N1 parranda grippi virusidan birinchi odam o‘limidir. Marhumning yoshi 65 dan oshgan. U uy va yovvoyi qushlar bilan aloqa qilish orqali parranda grippini yuqtirgan.
Luiziana Sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotlar maxfiy bo‘lgani uchun jabrlanuvchiga qanday davolash ko‘rsatilganiga aniqlik kiritmadi. Birusning odamdan odamga yuqishi haqida hech qanday dalil yo‘q va yagona xavf kasallangan hayvon bilan bevosita aloqada bo‘lib qoladi.
Departament parranda grippidan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarni bergan:
- Kasal yoki o‘lik hayvonlarga yoki ularning axlatiga tegmang va kasal yovvoyi hayvonlarni uyingizga olib kirmang;
- Uy hayvonlaringizni kasal yoki o‘lik hayvonlardan va ularning najaslaridan uzoqroq tuting;
- Pishirilmagan yoki pishmagan ovqatni iste’mol qilmang. Parranda go‘shti, tuxum va boshqa hayvonot mahsulotlarini kerakli haroratda pishiring hamda xom va pishirilgan oziq-ovqat o‘rtasida o‘zaro kontaminatsiyani oldini oling;
- Infeksion shubha qilingan yoki tasdiqlangan hayvonlardan olingan pasterizatsiyalanmagan xom sut yoki pishloq kabi pishirilmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan saqlaning.
Dekabr oyi oxirida AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) og‘ir kasallikka chalingan bemorda parranda grippi virusining mutatsiyasi aniqlangani haqida xabar berdi. Ssripps instituti olimlari virusning faqat bitta o‘zgarishi H5N1 shtammining odamlar orasida tez tarqalishiga olib kelishi va yangi pandemiya xavfini tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 2023 yilning mart oyida JSST epidemiologi Richard Pibodi dunyoni parranda grippi pandemiyasi xavfi haqida ogohlantirgan, chunki virus odamlar o‘rtasida tarqalishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oyida Moskvaning bir qator tumanlarida parranda grippi sababli karantin e’lon qilingandi.
Live
Barchasi