Avstraliyada parranda grippi sabab ilk ommaviy qirilish yuz berdi
Olam
−
08:32 1322 1 daqiqa
Avstraliyaning Janubiy Avstraliya shtatida H5 – parranda grippi mahalliy dengiz qushlari orasida birinchi marta ommaviy qirilishga sabab bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri Juli Kollinz ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya milliy ilmiy agentligi laboratoriya tahlillari Keyp Jaffa shahri yaqinida topilgan kasallangan va nobud bo‘lgan qushlarda H5 virusini tasdiqlagan.
"Bu H5 virusi sababli yuz bergan ilk ommaviy qirilish holati bo‘lib, juda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda", degan Kollinz Kanberrada jurnalistlar bilan suhbatda.
Vazir avstraliyaliklar yovvoyi tabiatda virusning yanada keng tarqalishi va zararlangan qushlar soni ortishini kutishlari kerakligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliyada H5 – parranda grippi ilk bor joriy yil iyun oyida aniqlangan bo‘lib, shu vaqtga qadar mamlakatda virus bilan bog‘liq 74 ta holat qayd etilgan.
Live
Barchasi