Yaponiya ham KXDRni kuzatish uchun yangi razvedka apparatini uchirdi

Olam

image

Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries Corporation kompaniyasi Shimoliy Koreya raketalarini uchirishni kuzatish va tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararni baholash uchun mo‘ljallangan yangi Optical-8 razvedka yo‘ldoshini uchirdi. Qurilmaning uchirilishi kompaniya veb-saytida namoyish etildi.

Optical-8 razvedka yo‘ldoshi Kagosima prefekturasining janubi-g‘arbidagi Tanegasima raketa maydonidan uchirilgan.

Qurilma 2018 yilda uchirilgan xuddi shunday Optical-6 sun’iy yo‘ldoshi o‘rnini egallashi kerak, chunki uning ishlash muddati tez orada tugaydi. O‘tgan yanvar oyida Mitsubishi Heavy Industries xuddi shu seriyadagi Radar 7 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi.

Yaponiya razvedka yo‘ldoshlarining ba’zilari optik sensorlar yordamida yer yuzasi tasvirlarini uzatuvchi qurilmalar, boshqalari radar yordamida ma’lumot to‘playdigan sun’iy yo‘ldoshlardir.

Optical 8 sun’iy yo‘ldoshi H-2A raketasi yordamida ishga tushirildi. Bu uning 48-chi marta ishlatilishi. 50 marta foydalanilgandan so‘ng raketani yangi H-3 tashuvchisi bilan almashtirish kerak.

Ma’lumot uchun, Yaponiya 1998 yilda Shimoliy Koreya Taepodong-1 raketasini uchirgach, razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish bo‘yicha davlat dasturini boshlagan. O‘shandan beri dastur 15 dan ortiq turli sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi, ulardan ba’zilari ishlash muddati tugaganligi sababli endi foydalanilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21 noyabrida Shimoliy Koreya o‘zining birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgandi. Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasi plenumida 2024 yilda yana uchta ana shunday qurilmaning ishga tushirilishi ma’lum qilingan.

Janubiy Koreya ham 2023 yil dekabr oyi boshida Kaliforniyadagi bazadan SpaceX yordamida mahalliy ishlab chiqilgan birinchi razvedka yo‘ldoshini uchirgan. Respublika 2025 yilgacha yana to‘rtta shunday qurilmani ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Shulardan ikkitasi 2024 yilda uchirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Yaponiya sun'iy yo'ldosh razvedka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing