Yapon olimlar “omicron” vaksinaga qarshi qanchalik chidamli ekanini aytdi

Olam

image

Yaponiyada olimlar koronavirusning “omicron” shtammi  ustida tadqiqot o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, virusning “omicron” shtammi kasallikning dastlabki bosqichida immunitetni “delta” shtammiga qaraganda to‘rt barobar faolroq yenga oladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Tadqiqot muallifi, Kioto universiteti professori Xiroshi Nishiuraning ta’kidlashicha, virusning “omicron” varianti ko‘proq yuqumli bo‘lib, u ham tabiiy, ham emlash orqali hosil bo‘lgan immunitetni yenga oladi.

Shuningdek, olimlar “omicron” bilan kasallanish yengil shaklda davom etishini, biroq kasallikning og‘ir holatlari kam uchrashi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Ma’lumot uchun koronavirusning “omicron” shtammini birinchi bo‘lib o‘rganishni boshlagan janubiy afrikalik shifokorlar va olimlar ham xuddi shunday kuzatishlarni olib borishmoqda.

Avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyasilar o‘zining koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinalarining uchta dozasi “omicron”ni zararsizlantirishini ma’lum qilgandi.

Bundan tashqari? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassis koronavrusning yangi “omicron” shtammining dunyoda tez tarqalishi so‘nggi oylarda kuzatilgan xalqaro aviaqatnovlarning ko‘payishi bilan bog‘liqligini aytgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

omikron

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing