Yangilangan Chevrolet Equinox va Tracker narxi e’lon qilindi

Texnologiya

−

image

Chevrolet Equinox va Tracker modellariga shartnomalar tuzish boshlandi. “UZAUTO MOTORS” ushbu ikki avtomobilning yangilangan narxlarini e’lonq qildi. 

Qayd etilishicha, Chevrolet Equinox RS komplektatsiyasi quyidagi imkoniyatlarni taqim etadi:

•    To‘liq svetodiod optikasi;

•    Adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol;

•    Orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantirish tizimi;

•    Ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi;

•    Old o‘rindiqni ventilyatsiyasi;

•    Premium dinamik tizim;

•    Xavfsizlikni ta’minlash tizimi (piyodalarni aniqlash, to‘qnashuv xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish, yo‘l chiziqlarini nazorat qilish va hokazo).

Yangilangan Chevrolet Tracker LT va RedLine komplektatsiyasi esa o‘zining klimat - kontroli, haydovchi o‘rindig‘ida elektron boshqaruv imkoniyati va sun’iy teri bilan qoplangan o‘rindiqlarining mavjudligi bilan avvalgi modellardan farqlanishi aytilmoqda. 

Chevrolet Equinox (2021 yil modeli)

•    boshlang‘ich komplektatsiya*: 260 000 000 so‘m

•    RS komplektatsiyasi: 360 000 000 so‘m

Chevrolet Tracker (2021 yil modeli)

•    boshlang‘ich komplektatsiya*: 145 130 000 so‘m

•    LT komplektatsiya: 201 740 000 so‘m

•    RedLine komplektatsiya: 208 696 000 so‘m

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

1294

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing