Samarqandda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
09:48 2630 1 daqiqa
Kecha, 10 may kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida 6 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:15 lar atrofida Samarqand shahri Namozgoh ko‘chasida BYD, Tracker, Gentra, Cobalt, Onix va Spark rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, BYD rusumli transport vositasi haydovchisi belgilangan tezlik me’yorini oshirib rul boshqaruvini yo‘qotgan va ketma-ket boshqa avtomashinalarga urilgan.
Oqibatda Tracker avtomashinasining yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘nlab mashinalar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:25 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtomobilning 73 yoshli haydovchisi sog‘lig‘i yomonlashib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda u svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Live
Barchasi