Yakkasaroyda avtobus Tracker bilan to‘qnashib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 14 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Tracker va yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotgan avtobus o‘zaro yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Oqibatda uch nafar shaxs tan-jarohati oldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, soat taxminan 08:20 larda “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan Yutong (gaz) rusumli, 69-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi M.F. avtobusni Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi BRT maxsus yo‘li bo‘ylab boshqarib kelgan. U Shota Rustavelli-Yakkasaroy ko‘chalari chorrahasiga yaqinlashgan vaqtida Tracker rusumli transport vositasining haydovchisi harakatini keskin chap tarafga o‘zgartishi oqibatida u bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. 

YTH oqibatida haydovchilar va Tracker yo‘lovchisi tan-jarohati olib, 16-sonli RSHTTYOKIMga murojaat qilgan.

Bildirilishicha, Tracker haydovchisi mazkur vaziyatda aybdor bo‘lib, yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 15 ta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus Tracker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing