Toshkentda Tracker bosib ketgan 6 yoshli bola vafot etdi (video)
3-sahifa
−
11 iyul 9862 1 daqiqa
Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketishi oqibatida bola voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ko‘chalarning birida Tracker avtomobilini boshqarayotgan shaxs yo‘l chetidan mashina harakatiga yugurib chiqqan bolani ustidan bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqalgan edi.
Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 1 iyul kuni soat 18:00 lar atrofida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Cho‘ldaraxt ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ko‘chadagi kameralarga tushgan tasvirda Tracker avtomashinasini ayol haydovchi boshqarganini ko‘rish mumkin. Tasvirga ko‘ra, avtomobil harakat yo‘liga yugurib chiqqan bolani old va orqa shinalari bilan hech qanday to‘xtashsiz bosib o‘tgan.
Ushbu YTH oqibatida bolakay olgan tan-jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan va hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyun kuni Andijon viloyatida 2 kishi Malibu urib ketishi oqibatida vafot etgan edi.
Live
Barchasi