Tracker’da 6 yashar bolani bosib ketgan ayol uni o‘zi shifoxonaga olib borgan – SSV
3-sahifa
−
11 iyul 9055 2 daqiqa
Toshkentda 6 yashar bolani bosib ketgan Tracker haydovchisi bolani tuman poliklinikasiga shaxsan o‘zi olib borgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Avvalroq, Toshkent shahridagi ko‘chalarning birida Tracker avtomobilini boshqarayotgan shaxs yo‘l chetidan mashinaga qarab yugurib chiqqan bolani bosib ketgani haqida xabar berilgan edi. Holat joriy yilning 1 iyul kuni soat 18:00 lar atrofida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Cho‘ldaraxt ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Voqea yuz bergan ko‘chadagi kameralarga tushgan tasvirda oq rangli Tracker avtomashinasini boshqarayotgan ayol haydovchi yo‘lga yugurib chiqqan bolani old va orqa shinalari bilan bosib o‘tganini ko‘rish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng, soat 19:41 da Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ mavzesi, tuman poliklinikasi manziliga yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha chaqiriq kelib tushgan. Unda Mirzo Ulug‘bek tumani, Cho‘ldaraxt ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2020 yilda tug‘ilgan I.A ismli bola jabrlangani aytilgan. Hodisa joyiga yetib borilganda, YTH Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ mavzesidagi “Ulyana” kafesi yaqinida sodir bo‘lgani aniqlangan. Qayd etilishicha, haydovchi jabrlangan bolani shaxsan o‘zi tuman poliklinikasiga olib kelgan.
Biroq bolakay shifoxonaga olib borilganda ushbu YTH oqibatida olgan tan-jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan va hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Live
Barchasi