Yangilangan WBC reytingida o‘zbek bokschilarining o‘rni qanday?

Sport

image

Butunjahon boks qo‘mitasi – WBC yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Isroil Madrimovga  (8-0-0) tegishli. U o‘rta vazntoifasi reytingida 11-o‘rinni egallab turibdi. U WBA ro‘yxatida 1-pog‘onada bormoqda. Madrimov “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida o‘rta vazn toifasi jangchisi fransiyalik Mishel Soroni (35-3-1) 9-raundda texnik nokautga uchratgan edi. 

Shuningdek, birinchi o‘ta yengil vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Hasanboy Do‘smatov 16-o‘rinda qayd etilgan. 

Bundan tashqari Islombek Pirmanov (birinchi yarim yengil vazn) 40, Shohjahon Ergashev (super yengil vazn) 21, Qudratillo Abduqahhorov (yarim o‘rta vazn) 18, Azizbek Abdug‘afurov (super o‘rta vazn)  28 va Bektermir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn)  40-pog‘onaga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov va Fazliddin G‘oibnazarov singari bokschilar reytingga kiritilmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Isroil Madrimov Hasanboy Do'smatov WBC

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing