Yangilangan WBA reytingida to‘rt o‘zbek bokschisi yetakchi bo‘ldi
Sport
−
04 mart
7461Fevral oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingidan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi. Bu haqda tashkilot o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Yangilangan reytingda 4 nafar O‘zbekiston vakili o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda qayd etildi. Jumladan, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev, yarim yengil vaznda Otabek Xolmatov, yarimo‘rta vaznda Shahram G‘iyosov va super yarim o‘rta vazn toifasida Isroil Madrimov 1-o‘rinni egalladi.
Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rin, super yengil vaznda Botir Ahmedov 7-o‘rin va super o‘rta vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev 5-o‘rindan joy oldi.
Qayd etish joiz, Ahmedov va Meliqo‘ziyev o‘tgan oy hisobiga ko‘ra o‘z vaznida jadvalda bir pog‘ona yuqorilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan mazkur yo‘nalishda Isroil Madrimovning chempionlik jangi bekor qilingandi.
Bunga sabab sifatida o‘zbekistonlik bokschining salbiy tibbiy tekshiruv natijalari ko‘rsatilmoqda.
LiveBarchasi