Yangilangan WBA reytingida 3 nafar o‘zbek bokschisi peshqadam bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifalarida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan reytingga umumiy 8 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi kiritildi. Super yarim o‘rta vaznda Isroil Madrimov chempion hisoblanadi. 

Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov, yarim o‘rta vaznda Shahram G‘iyosov va birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev yetakchilik qilmoqda.

Iyun oyi yakunlariga ko‘ra WBA reyingi:

Hasanboy Do‘smatov – (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin);
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) – o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) – 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) – 5-o‘rin (o‘tgan oyda 4-o‘rin edi);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) – 13-o‘rin (o‘tgan oy 10-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) – o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) – vazn chempioni;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) – 5-o‘rin (o‘tgan oy 4-o‘rinda edi).


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing