Yangilangan WBA reytingida 3 nafar o‘zbek bokschisi peshqadam bo‘ldi
Sport
−
05 iyul 2024 6855 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifalarida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Yangilangan reytingga umumiy 8 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi kiritildi. Super yarim o‘rta vaznda Isroil Madrimov chempion hisoblanadi.
Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov, yarim o‘rta vaznda Shahram G‘iyosov va birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev yetakchilik qilmoqda.
Iyun oyi yakunlariga ko‘ra WBA reyingi:
Hasanboy Do‘smatov – (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin);
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) – o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) – 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) – 5-o‘rin (o‘tgan oyda 4-o‘rin edi);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) – 13-o‘rin (o‘tgan oy 10-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) – o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) – vazn chempioni;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) – 5-o‘rin (o‘tgan oy 4-o‘rinda edi).
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025