Yangilangan WBA reytingida 3 nafar o‘zbek bokschisi yetakchi bo‘ldi

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mart oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, reytingga umumiy 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi.

Fevral oyi reytingida 1-o‘rinda bo‘lgan Isroil Madrimov hozirda WBA chempioni hisoblanadi. Madrimov chempionlik jangida yutqazgan rossiyalik Magomed Qurbonov 6-pog‘onani band etdi. Jermall Charlo esa nafaqadagi chempion maqomida bo‘lib turibdi.

Reytingda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov o‘z vaznida 1-o‘rinda qayd etilgan.

Yarim yengil vaznda faoliyat olib borayotgan Otabek Xolmatov esa chempionlik jangida yutqazgach yangilangan jadvalda uch pog‘ona pastladi. Fevra oyi reytingida 1-o‘rinda qayd etilgan Xolmatov mart oyi jadvalida 4-o‘rinni band etdi.

Reytingdagi o‘zbek bokschilari:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin;

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 4-o‘rin;

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 7-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - vazn chempioni;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 5-o‘rin.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Isroil Madrimov Bektemir Meliqo'ziev Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing