Yangi yil yaqinlashyapti: Toshkentga 433 mln so‘mlik paqildoq olib kirayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
10 Oktabr 2022
5285Yangi yil yaqinlashgan sayin dunyo bo‘ylab pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi avj oladi. Bu muammo O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayapti.
Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 6 oktyabr kuni Toshkentga olib kelinayotgan 433 mln so‘mlik pirotexnika vositalarini to‘xtatib qolindi.
Qo‘mitaga ko‘ra, 6 oktyabr kuni “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Isuzu yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, yukxonadagi ketmon dastalari ortiga yashirilgan qog‘oz qutilar ochib ko‘rilganida ularning ichida 5 turdagi 77 272 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xorijda ishlab chiqarilgan, ammo, sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur salyut va petardalarning jami qiymati 433 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Faqatgina shu emas. Yuqoridagi holatda yukxonada muqaddam noqonuniy ravishda olib kirilgan 28 ming 640 dona lekoplastik va termometrlar ham borligi aniqlangan. Ularning umumiy qiymati 146 mln so‘mdan oshgan.
Bundan tashqari, tovarlar orasida 41 ming 488 dona shaxsiy gigiyena va parfyumeriya vositalari borligi aniqlangan. 116 mln so‘mdan oshiq qiymatdagi mazkur tovarlarning qadog‘ida ham ularning ishlab chiqarilgan joyi, muddati haqida va boshqa zaruriy bironta ham axborotlar mavjud emas.
DBQning ta’kidlashicha, birgina holatda to‘xtatib qolingan tovarlarning umumiy qiymati salkam 696 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi