Toshkentda “paqildoq” sotayotgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
20 dekabr 2024
2365Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Chorsu “Eski juva” dehqon bozori hududida pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Milliy gvardiya boshqarmasi xabar berdi.
Fuqaroni o‘rnatilgan tartibda maxsus jihozlangan avtobusga olib kelib, shaxsiga aniqlik kiritilganida, Xorazm viloyatining Urganch shahri “Bobur” MFY yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan R.Sh. ekani aniqlangan. Xolislar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganda uning choponi ichidan 8 quti “Treniya” yozuvli, 2 quti “Noviy Vek” yozuvli jami 560 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2009 yil oxirida hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududiga pirotexnika vositalarini olib kirish, shuningdek, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtinchalik taqiqlangan. Pirotexnika mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, undan foydalanish, shuningdek, O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish yoki olib chiqish, shuningdek, pirotexnika mahsulotlarini realizatsiya qilish, huquqbuzarlik buyumlari musodara qilingan holda 1,7 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika vositalari, ular uchun qurol va o‘q-dorilar, harbiy mahsulotlar reklamasiga qo‘yiladigan talablarni buzish BHMning 50 baravari miqdorida (17 million so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi