Samarqandda ham milliard so‘mlik “paqildoq”lar paqillamaydigan bo‘ldi
Jamiyat
−
15 dekabr 2023
5638Samarqand viloyatida katta miqdordagi noqonuniy pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor-tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Samarqand shahar "Xo‘jagunjoish" MFYda yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.
Gap shundaki, qonunbuzar qarindoshiga qarashli bo‘lgan Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida joylashgan xonadonda jami 21 turdagi 1 ming 903 dona pirotexnika vositalarini yashirin ravishda saqlab kelgan. Ularning taxminiy bahosi 1 milliard so‘mni tashkil qiladi. Bildirilishicha, qo‘lga olingan fuqaro ushbu vositalarni pullamoqchi bo‘lgan.
Pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi xonadonlardan birida 407 million so‘mlik pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlangandi.
LiveBarchasi