“Sezon” avjida. Toshkentda internet orqali “paqildoq”larni pullayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda pirotexnika vositalarini elektron tijorat platformalari orqali sotib kelayotgan  shaxs ushlandi. U 108 dona salyutlarni qabul qilib, boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasiga yuklagan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda  ushbu shaxsning Yunusobod tumanidagi xonadonida ham 12 nomdagi 1382 dona salyutlar saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruvlar davomida qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelayotgani aniqlangan. Shunday qilib mazkur holatda qiymati 350 million so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika paqildoq Kontrabanda salyutlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing