“O‘yindan o‘q chiqdi”: Qo‘lbola paqildoq o‘quvchini o‘ldirdi
Jamiyat
−
03 yanvar 2020
9854Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent viloyatida bolalarning o‘yinqaroqligi 8 sinf o‘quvchisining halok bo‘lishi bilan yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti ma’lum qildi.
1 yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda fuqarolar 20 yoshli X.E., S.A. va B.M.lar bir guruh bo‘lishib, Chinoz tumani, Sarbozor ko‘chasida 60 sm uzunlikdagi temir truba ichiga qo‘l bola usulda magma va oltingugurt aralashmasini joylashtirib, yoqishgan. Temir truba 8-sinf maktab o‘quvchisi S.G‘.ga borib tegishi oqibatida u tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Afsuski S.G‘.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1–moddasi 3-qismi “v” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi