Yangi virus Rossiyaga kirib kelmagani rasman tasdiqlandi

Olam

image

Avvalroq, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus Rossiyaga ham yetib borgani taxmin qilinayotgani, Sankt-Peterburgda yangi koronavirus alomatlari bo‘lgan erkak  shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik 

“Rospotrebnadzor”ning shahar vakili rasmiy ma’lumot berishicha, Rossiyaga Xitoydan kelgan, keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan rossiyalik va xitoylik tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularda yangi koronavirus aniqlanmagan. 

“Ikkalasida o‘tkir respiratorli virusli infeksiyalar aniqlandi, ammo ularda yangi koronavirus yo‘q”, dedi u RIA Novostiga intervyu berar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala erkakning ahvoli barqaror, ular davolanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, yangi virus ko‘plab davlatlarga kirib bormoqda. Ular sirasiga Tailand, Gonkong, Janubiy Koreya, Makao va hatto AQSH ham kirmoqda. Dunyoning juda ko‘plab davlatlari unga qarshi turli maxsus dasturlar ishlab chiqmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Yangi virus

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing