“Yangi Toshkent” ikki daryo o‘rtasida joylashgani bilan noyobdir – Mirziyoyev 

Jamiyat

image
Mirziyoyev “Yangi Toshkent” qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda north_east

Mirziyoyev “Yangi Toshkent” qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda

“Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland bo‘lib, shaharga yaqinligi, o‘z iqlimi, bahavoligi va ikki daryo o‘rtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi. Bu haqda bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimidagi nutqida aytib o‘tdi.

Hozirgi Toshkent 43 ming gektar xududni egallaydi. “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida qo‘shimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.

Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi. 

Ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’ektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent Toshkent aholisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing