Yangi Toşkentning öz hokimi böladi
O‘zbekiston
−
11:03 1013 2 daqiqa
Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi va unga Prezident tomonidan tayinlanadigan hokim rahbarlik qiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 10 noyabr kuni qabul qilingan “Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan.
Farmonga köra, yangi hokimlik tegişli ma’muriy-hududiy birlik tuzilguniga qadar maxsus huquqiy rejim doirasida hududda boşqaruvni taşkil etiş, aholi, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlariga xizmat körsatiş maqsadida taşkil etiladi. Hudud hokimi Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar 1 oy muddatda özlarining umumiy ştat birliklari doirasida Yangi Toşkent şahrida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tuzilmalarini taşkil qiladi.
Bundan taşqari, farmonga muvofiq Yangi Toşkent şahar hokimligi boşqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi va boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 14 nafarni taşkil etadi. Mazkur apparat tarkibi hokim, uning birinçi örinbosari va ikki nafar örinbosari (ularning har birida bittadan boş mutaxassis), hokim yordamçisi, axborot xizmati rahbari, taşkiliy-nazorat guruhi, boş hisobçi, boş yuriskonsult hamda devonxonaning ikki nafar boş mutaxassisi böladi.
Şuningdek, Yangi Toşkentdagi davlat organlari va taşkilotlari bölinmalari uçun jami 30 ta ştat birligi ajratiladi. Obodonlaştiriş boşqarmasi tuzilmasi va ştatlari soni esa Toşkent şahri tumanlari namunaviy tuzilmasi asosida hokim tomonidan belgilanadi.
Yangi Toşkent şahri hokimligi hamda Yangi Toşkent şahridagi davlat organlari va taşkilotlarining bölinmalari vaqtinça sobiq “Yangi Toşkent” loyiha ofisi binosiga tekin foydalaniş huquqi bilan joylaştiriladi. Yangi Toşkent hokimligi va tegişli idoralarni saqlaş xarajatlari Respublika byudjetidan moliyalaştiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazgan edi.
Live
Barchasi