Mirziyoyev “Yangi Toshkent” qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 18 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda. Unda davlat rahbari nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda poytaxt Toshkentda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.

“Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor. Shuning uchun poytaxtning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur”, degan davlat rahbari o‘z nutqida.

Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Teg: Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent loyihasi Toshkent aholisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing