Yangi Toshkent yashil va xavfsiz shahar bo‘ladi

Jamiyat

image

Yangi Toshkentda eng zamonaviy ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. Bu haqda bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimidagi nutqida aytib o‘tdi.

Prezident Yangi Toshkentda uy-joy, transport, ishxona, madaniyat, sport va ta’lim ob’ektlarini qamrab olgan zamonaviy urbanizatsiya va ilmiy yondashuvlar asosida mamlakatda ilk bor “aqlli” texnologiyalar joriy etilishini ta’kidladi.

Bunda “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi.

Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunnel hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi. Ya’ni bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent loyihasi Toshkent aholisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made