Yangi poytaxt 32,7 milliard dollarga baholanmoqda

Olam

image

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo Kalimantan o‘rmonida (Borneo oroli) yangi poytaxt qurilishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Amaldagi poytaxt Jakartaning ekologik va iqtisodiy muammolari tufayli Indoneziya hukumati poytaxtni boshqa joyga ko‘chirishga qaror qilgandi. 

Xabar qilinishicha, yangi poytaxtda zilzilalar, sunami, ko‘chkilar va vulqonlar portlashi kabi tabiiy ofatlar xavfi kam. Ammo hudud o‘rmon yong‘inlariga moyil.

Ba’zi ekologik tashkilotlar yangi poytaxt tabiatga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblayapti. 

Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi loyihaning ekologik bahosi ustida ishlamoqda va uni noyabr oyiga qadar yakunlashga umid qilmoqda. Agar loyiha ma’qullansa, qurilish 2021 yilda boshlanadi.

Yangi poytaxtning qiymati 32,7 milliard dollarga baholanmoqda. Hali nom tanlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya yangi poytaxt

Baholaganlar

78

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing