Yana o‘sha eski savol. Habib oktagonga qaytadimi?
Sport
−
16 yanvar
4365Ultimate Fighting Championship (UFC) sobiq chempioni Habib Nurmuhammedovning sportga qaytishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Nurmuhammedov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“UFC 300 ham va hattoki UFC 400 ham mensiz o‘tadi”, deb yozdi sportchi.
Amerikalik jangchi Cheyl Sonnen Habib aprel oyida o‘tkaziladigan tashkilot turnirida yarim o‘rta vaznda UFC chempioni angliyalik Leon Edvards bilan jang qilishi mumkinligini aytgandi. Rossiyalik jangchining amakisi Nurmuhammad Nurmuhammedovning aytishicha, Habib formasini saqlab qolish uchun mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ammo faoliyatini davom ettirmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Habib Nurmuhammedov 2021 yilda sportni tark etgandi. U MMA'dagi faoliyati davomida 29 ta g‘alaba erishgan va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Uning nomi UFC shon-shuhrat zalidan ham joy olgan.
LiveBarchasi