Yana uch viloyat hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 9 mart kuni Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlari hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimining qarori bilan Malika Tojiyevna Mamadiyorova viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Malika Mamadiyorova ushbu tayinlovga qadar Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati hokimining qarori bilan Firuza Bahodirxonovna Ibrohimova viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Firuza Ibrohimova 1970 yil 24 noyabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan. U ushbu tayinlovga qadar viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Kamila Anvarovna Kavlanova Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Kamila Kavlanova 1962 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

U tayinlovga qadar Toshloq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, XorazmAndijonSamarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga yangi o‘rinbosar tayinlagani haqida xabar berg‘an edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

74

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing