Yana boshlandi: Armanistondan hujum paytida Ozarbayjonning bir nafar askari o‘ldirilgan

Olam

image

Olti kishilik Armaniston qurolli guruhi Ozarbayjon tarkibiga kirgan Ag‘dam viloyati Xo‘javend tumanidagi qishloqda joylashgan Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalariga hujum qilgan. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Facebook sahifada xabar berildi.

Bo‘lim ma’lumotlariga ko‘ra, hujum 27 dekabr kuni soat 15: 30 da sodir etilgan. Oqibatda Ozarbayjon armiyasining askari Elmir Rayil Ganbarov halok bo‘lgan. Yana bir harbiy xizmatchi Emin Sulaymon Aliyev jarohat olgan va kasalxonaga evakuatsiya qilingan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi guruhning Armanistondan tomonidan qilingan harakatlari noqonuniy ekaniini ta’kidlagan. Hujum uyushtirganlarning barchasi yo‘q qilingan.

“Agar bunday holat takrorlansa, Ozarbayjon armiyasi qat’iy choralar ko‘radi”, deyiladi vazirlik xabarida. Yerevan hali bu ma’lumotga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Shunga qaramay, Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 11 dekabr kuni Armaniston va Ozarbayjon kuchlari bir-biriga qarata o‘t ochdi. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi, kamida o‘nta arman askari asirga olindi. Keyinchalik to‘qnashuv rus tinchlikparvar kuchlarining harakatlari bilan to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' mojarosi

Baholaganlar

311

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing