Armaniston yana Ozarbayjonga ayblovlar bilan chiqdi
Olam
−
04 yanvar 2023
3386Ozarbayjon 23 kundirki, butun dunyoning ko‘z o‘ngida (tan olinmagan – tahr.) Tog‘li Qorabog‘ aholisini etnik tozalash siyosatini davom ettirib, majburan deportatsiya qilishga undamoqda. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligining Lochin yo‘lagining ozarbayjonlik ekofaollar tomonidan to‘sib qo‘yilishiga nisbatan bildirgan navbatdagi bayonotida so‘z boradi.
“Armaniston TIV xalqaro hamkorlar va butun ilg‘or insoniyat e’tiborini Ozarbayjon 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotida mustahkamlangan Lochin yo‘lagi rejimini qo‘pol ravishda buzgan holda, Tog‘li Qorabog‘ni uch haftadan ko‘proq vaqt davomida blokirovka qilgani va Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston va butun dunyo bilan bog‘laydigan hayot yo‘lini to‘sib qo‘yganiga qaratadi”, deyiladi TIV bayonoti avvalida.
Qayd etilishicha, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar inqiroz kundan-kunga og‘irlashib bormoqda. Eng muhim tovarlar, oziq-ovqat va dori-darmon taqchilligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sezilarli noto‘g‘ri ovqatlanishga olib keladi. Ozarbayjon blokadasining turli tomonlarida bo‘lgan yuzlab oilalar ajralishda davom etmoqda. 120 ming kishi qamalda qolgan.
“Ozarbayjon tomonining Lochin yo‘lagi haqiqatan ham ochiq ekanligi haqidagi bayonotlari mutlaqo asossizdir, hech bo‘lmaganda hayot uchun xavfli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasining avtomashinalarida cheklangan miqdordagi bemorlarni Armaniston Respublikasiga olib o‘tishga ruxsat berilgani shundan dalolat beradi”, deyiiladi bayonotda.
Yerevan 2022 yil 20 dekabrda Armaniston tomonining Lochin yo‘lagining yopilishi va Tog‘li Qorabog‘ aholisi uchun gumanitar oqibatlarni muhokama qilish bo‘yicha iltimosiga binoan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini o‘tkazish muhimligini qayd etgan.
“Biz Xavfsizlik Kengashi a’zolarining mutlaq ko‘pchiligining Ozarbayjon tomonidan koridor blokadasini olib tashlash va xalqaro tashkilotlarning Tog‘li Qorabog‘ga kirishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi ochiq va aniq da’vatlarini yuksak qadrlaymiz. Biz, shuningdek, Fransiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida aytib o‘tilgan yig‘ilishidan keyingi o‘n kunlik vaqt ichida Xavfsizlik Kengashi raisining hozirgi vaziyat bo‘yicha matbuotga bayonotini qabul qilish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlaymiz”, demoqda rasmiy Yerevan.
Shuningdek, Yerevan gumanitar vaziyatni baholash, Qorabog‘ga gumanitar yordamlarning to‘siqsiz kirishini ta’minlash uchun Tog‘li Qorabog‘ va Lochin yo‘lagiga xalqaro faktlarni o‘rganish missiyasini yuborish zarur deb hisoblaydi.
“Ozarbayjon 2020 yil 9 noyabrdagi Uch tomonlama bayonotning 6-bandida ko‘rsatilgan tamoyillarga muvofiq zudlik bilan Lochin yo‘lagini ochishi shart, unga ko‘ra Ozarbayjon Lrchin yo‘lagi bo‘ylab fuqarolar, transport vositalari va tovarlarning harakatlanishi xavfsizligini kafolatlaydi va Lochin yo‘lagi Rossiya Federatsiyasining Tog‘li Qorabog‘da joylashgan tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida. Ozarbayjonning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida Uch tomonlama bayonot qoidalari buzilganligi sababli, biz ham Rossiyadan hech qanday dastlabki shartlarsiz ushbu qo‘pol qoidabuzarlikni bartaraf etish uchun aniq harakatlar qilishini kutamiz”, deyilagan bayonot so‘ngida.
12 dekabr kuni o‘zlarini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan avvalroq Yerevan BMT va YeXHT Minsk guruhini Lochin koridoriga baholash missiyasini jo‘natishga chaqirgani haqida xabar bergan edi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan. 14 dekabr kuni Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini ochishga majburlash talabi bilan murojaat qildi.
LiveBarchasi