Ozarbayjon Armaniston ustidan Xalqaro sudga shikoyat kiritdi

Olam

image

Ozarbayjon tomoni, Armaniston tomonidan ozarlarga nisbatan inson huquqlarining maqsadli poymol etilishiga javoban, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya doirasida shoshilinch choralar ko‘rish uchun Xalqaro sudga ikkinchi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Vazirlik, xususan, Armaniston tomonidan 2021 yildan boshlab Ozarbayjon hududida minalar, uylarda bubi tuzoqlari o‘rnatilgani haqida yangi dalillar borligini ta’kidladi. 

“Bu 30 yil avval arman istilosi oqibatida o‘z vatanlaridan quvilgan ichki ko‘chirilganlarning o‘z uylariga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda. Armaniston tomoni uch tomonlama Bayonot qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, harbiy provokatsiyalarni davom ettirdi va 2022 yil avgust oyidan buyon Ozarbayjonda 2021 yilda Armaniston tomonidan ishlab chiqarilgan 2700 dan ortiq mina topildi. Minalar Armaniston tomonidan barcha jangovar harakatlarni to‘xtatish, o‘z kuchlarini Ozarbayjon hududidan olib chiqib ketish va ozarbayjonlik ichki ko‘chirilganlarni ishg‘oldan ozod qilingan hududlarga qaytarishga rozilik berish to‘g‘risidagi uch tomonlama bayonot imzolanganidan keyingi davrda qo‘yilganligi haqida dalillar mavjud. Ushbu minalarning yarmidan ko‘pi tinch aholi punktlarida topilgan. Bundan tashqari, ushbu minalar va boshqa qurollarni tashish uchun Armaniston faqat gumanitar maqsadlar uchun mo‘ljallangan Lochin yo‘lidan ochiq foydalanadi”, deyiladi bayonotda. 

Hujjatda ta’kidlanishicha, minalarning qo‘yilishi tinch aholi hayotiga xavf tug‘diribgina qolmay, Ozarbayjon hamon sodiq qoladigan tinchlik shartnomasi imzolanishiga xavf soladigan provokatsiya hisoblanadi. Atigi uch hafta oldin Kalbajar viloyatida mina portlashi oqibatida 7 nafar ozarbayjonlik, shu jumladan tiklash ishlarida qatnashgan 4 nafar tinch aholi fuqarosi jarohatlangan va bir kishi halok bo‘lgan. 

“Ozarbayjon Armaniston tomonidan hududlarni minalardan tez, xavfsiz va samarali tozalash, tinch aholi hududlarini minalar va boshqa portlovchi moddalar bilan ifloslanishini to‘xtatish va shu maqsadda Lochin yo‘lidan foydalanish bo‘yicha zudlik bilan zarur choralar ko‘rish maqsadida Xalqaro Sudga murojaat qildi. Ozarbayjon tomoni Armanistonni inson huquqlari buzilgani uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi”, deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Qorabog' mojarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing