Ozarbayjonda SSSR bayrog‘ini ko‘targanlar hibsga olindi (video)
Olam
−
26 noyabr 3905 2 daqiqa
Ozarbayjonning Baku shahrida bir guruh odamlar kommunistik mafkurani targ‘ib qilish maqsadida SSSR bayroqlari bilan yurishga urindi. Bu haqda “Qafqazinfo” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yurishda ishtirok etgan tashkilotchilar – Abdulla Ibrohimli, Ibrohim Asadli va boshqa shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida aniqlanishicha, bu shaxslar boshqa davlat ko‘magi va mablag‘i evaziga ofis ijaraga olib, guruh bo‘lib ish olib borgan va vaqti-vaqti bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Yuqorida qayd etilgan shaxslarga tegishli idora va xonadonlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab materiallar, bayroqlar, radikalizmni targ‘ib qiluvchi kitoblarning nusxalari, kompakt disklar va boshqa elektron qurilmalar aniqlanib, olib qo‘yildi.
Tergov tadbirlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 may kuni Toshkentning “Xalqlar do‘stligi” maydonida o‘tkazilgan konsert dasturida SSSR bayrog‘i ko‘tarildi. Holat jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining o‘sha paytdagi rahbari Minhojiddin Hojimatov va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov “Xalqlar do‘stligi” maydonida ko‘tarilgan SSSR bayrog‘iga munosabat bildirdi. Ularning biri bu holat bilan murosa qilib bo‘lmasligini, ikkinchisi mustabid tuzum bayrog‘ining hilpirashi o‘zbek xalqi uchun haqorat ekanini ta’kidladi.
Oradan ikki yil o‘tib, 2023 yil 9 may kuni Toshkent shahrida bir guruh shaxslar SSSR va O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi.
Live
Barchasi