Yana bir viloyatdagi maktablarda o‘qish boshlanyapti
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
18858Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida ertaga, 11 yanvardan an’anaviy tarzda o‘qish boshlanadi. Bu haqda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.
“Xabaringiz bor, maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun, ya’ni 2023 yil 10 yanvarigacha davom etishi belgilangan edi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 11-18 yanvar kunlari viloyatimizda havo haroratining keskin tushib ketmasligini inobatga olib, 2023 yilning 11 yanvar sanasidan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish jarayoni boshlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham ertaga, 11 yanvardan ta’lim jarayonlari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etishini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2023 yil 18 yanvargacha qadar uzaytirilganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 11 yanvar kuni Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.
LiveBarchasi