AQSHda anomal sovuq tufayli 91 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
22 yanvar
7834AQSHda g‘ayritabiiy sovuq, qor yog‘ishi va kuchli shamollar oqibatida kamida 91 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tennessi shtatida 25 kishi, Oregonda esa 16 kishi halok bo‘lgan, ulardan uchtasi daraxtning mashina ustiga qulashi oqibatida jarohat olgan.
Og‘ir ob-havo sharoiti tufayli o‘lim holatlari Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham qayd etilgan.
13-14 yanvar kunlari Kanadadan kelayotgan sovuq arktik havo tufayli AQSHda havo harorati rekord darajaga tushib ketgan – me’yordan 11-16 daraja past.
Chikagoda havo harorati -34 darajaga tushib, butun shtatdagi maktablarni yopishga majbur qilgan. Montana shtatida termometr -40 darajaga tushib ketgan. Milliy ob-havo xizmati mintaqada -56 daraja sovuq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
“CBS News” xabariga ko‘ra, Oregon shtatining G‘arbiy sohilida 45 mingdan ortiq abonentni elektrsiz qoldirgan muz bo‘roni tufayli favqulodda holat e’lon qilingan. Pensilvaniya, Kaliforniya, Nyu-Meksiko va Indiana shtatlarida ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 22-28 yanvar kunlari haftaning o‘rtalarida Amerika shtatlarida havo isishi kutilmoqda.
LiveBarchasi