O‘zbekistonliklarni oldinda “anomal” sovuq kutyaptimi? Mutaxassis javob berdi
Bu qiziq
−
13 dekabr 2023
82865Odamlar orasida tarqalayotgan O‘zbekistonda havo harorati -20 darajagacha tushib ketishi haqidagi gap-so‘zlarga O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi mutaxassisi munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, qattiq sovuq havo oqimi O‘zbekistonga allaqachon kirib kelgan va yaqin orada -20 darajagacha sovuq bo‘lishi haqidagi gaplar o‘rinsiz.
“Chunki shimoliy va janubiy hududlar orasida katta tafovutlar mavjud. Harorat -20 darajaga tushib ketarkan, degan gaplar faqatgina O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari, ya’ni Qoraqalpog‘iston, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuzatilishi mumkin. Sovuq havo massasi O‘zbekistonga deyarli to‘liq kirib kelib bo‘lgan”, dedi mutaxassis Humoyun Mag‘ripov.
Shuningdek, uning aytishicha, ayni paytdagi sovuq harorat anomal darajada emas.
“Anomal sovuqning o‘z ta’rifi bor. Bu o‘rtacha kunlik haroratdan 7 daraja past harorat kuzatilsa va bu holat ketma-ket 5 kun davom etsa, anomal sovuq deb ataladi. Hozir esa hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q. Bu anomal sovuq emas, oddiy qish fasli”, deydi u.
LiveBarchasi