Harorat -45 darajagacha sovib ketishi mumkin – Qozog‘istonda
Olam
−
19 fevral
10913Arktika antitsikloni ta’sirida 20–22 fevral kunlari Qozog‘iston shimoli, sharqi, janubi-sharqi va markazida anomal sovuqlik kuzatiladi. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
Aniqlanishicha, janubiy siklon ta’sirida g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy, janub va janubi-sharqda bo‘ron bo‘lishi, tog‘li hududlarda esa kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.
Shuningdek, havo harorati g‘arbda kechasi -10/-25, kunduzi -5/-15, shimoliy va markaziy hududlarda kechasi -28/-38, kunduzi -15/-23 daraja sovuq bo‘ladi. Sharqiy hududlarda kechasi -32/-45, kunduzi -20/-32, mamlakatning janubi-sharqida kechasi -15/-25 daraja, kunduzi esa 0/-13 daraja sovuq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘istondagi qor ko‘chkilarida qolib ketgan avtomobil yo‘lovchilarini qutqarishda vertolyotlardan foydalanilgani va to‘rt nafar jabrlanuvchi muzlab qolgani haqida xabar berilgandi.
Sarvar Xurramov