Qish mavsumida yana anomal sovuq kutilyaptimi? O‘zgidromet javob berdi

Jamiyat

image

Qishda 2023 yil yanvardagi kabi anomal sovuq bo‘lishi kutilmayapti. Bu haqda O‘zgidromet vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Kelayotgan qish mavsumida 2023 yilning yanvar oyida bo‘lgani kabi anomal hodisalar kutilmayapti. 2023−2024 yillarning qish mavsumida havo harorati −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin. Ob-havoda qisqa muddatli bunday sovuq tushishlar odatiy hol hisoblanadi”, degan O‘zgidromet xizmati agentligining Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev.

Unga ko‘ra, gidrometeorologiya sohasida faoliyat yuritadigan barcha davlatlarning tajribasidan kelib chiqilsa, 3 kunlik ob-havo prognozlarining oqlanish darajasi yuqori, 5 kunlikniki esa 80−90 foizni tashkil etadi. 1 oy avval beriladiganlari esa normaga nisbatan iqlimiy ma’lumotlar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvarida sovuq antitsiklonning respublikada chuqurroq kirib kelishi fonida respublikaning katta qismida harorat -27 darajagacha pasaygan edi. 

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ob-havo O'zgidromet anomal sovuq gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing