Yana bir mamlakat Prezidenti koronavirusga chalindi

Olam

image

Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda bugun, 5 yanvar kuni “Hraparak” mahalliy gazetasiga mamlakat Prezidenti devonidan xabar berildi. 

“Prezident Armen Sarkisyan Yangi yilni Londonda oilasi va nabiralari bilan kutib oldi. 3 yanvar kuni Sarkisyan Londonda oyog‘idan operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Ammo Prezidentda yangi turdagi koronavirus alomatlari ham rivojlandi. Unda o‘tkazilgan test ijobiy natija berdi. Prezident Sarkisyan o‘zini o‘zi izolyatsiya qilmoqda va vaqtincha masofadan turib o‘z faoliyatini davom ettiradi”, deyiladi Prezident devoni xabarnomasida.

Armen Sarkisyan 2018 yilda respublika Prezidenti etib saylanishidan oldin turli yillarda Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Prezident oilasining bir qismi hali ham Buyuk Britaniyada yashaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, Armanistonda so‘nggi 24 soat ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 324 taga ko‘payib, 160 544 kishiga yetgan. O‘tgan sutkada shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan 14 bemor vafot etdi, pandemiya boshlanganidan beri o‘lganlar 2878 kishini tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Armen Sarkisyan

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing