Yana bir guruh “ko‘cha bolalari”ning sudi boshlandi
3-sahifa
−
15 iyun
116672023 yilda, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev va uning guruhida bo‘lgani aytilayotgan 10 kishining ishi yuzasidan sud boshlandi.
Kecha, 14 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ishga sudya Sanjar Qo‘chqorov raislik qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu guruhdan jabrlanganlar soni 5 nafar.
Dastlab qo‘lga olinganida Jinoyat kodeksining 276-moddasi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi aytilgan Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev bugunga kelib, 6 ta modda bilan ayblanmoqda.
Ular: Jinoyat kodeksining:
- 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi;
- 164-modda (Bosqinchilik) 4-qismi “a” bandi, “v” bandi;
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi;
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi;
- 242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi;
- 273-modda (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi.
Shuningdek, Mahmudxo‘jayevning guruhida ekani aytilayotgan:
- Abdullayev Axror Ravshan o‘g‘liгa JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 273-modda (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi;
- Salimbekov Azamat Avazjonovich va Umarov Dilmurod Rustamovichlar JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi;
- O‘roqov Abdunazar Saidnazarovich hamda Nasirov Baxtiyor Sharifovich JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi;
- Tursunov Sarvar Soyibjon o‘g‘li va Ahmedov Shohrux Qayumjon o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 164-modda (Bosqinchilik) 4-qismi “a” va “v” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi;
- Umarov Avaz Rahimovich hamda Umarov Oybek Avaz o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi, 168-modda (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi;
- Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi bilan ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Qudratullayev hamda Saidaziz Saidaliyevning sud ishi boshlangandi.