Ertaga “Saidaziz medgorodok”ning sudi boshlanadi
3-sahifa
−
10 iyun
5807Ertaga, 11 iyun kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ertaga soat 10.00 da Saidaliyev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanadi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar S. Saidaliyev, M. Mirxodjayev, Sh. Samiyev, A. Akramov, I. Satvaldiyev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, G‘. O‘rinboyev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
28 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga oid ochiq sud boshlangandi.
LiveBarchasi