Yana bir hokim koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. U Toshkentda davolanmoqda

Jamiyat

image
O‘zbekistonda vazirlarning koronavirusdan himoya “qalqon”i bormi? north_east

O‘zbekistonda vazirlarning koronavirusdan himoya “qalqon”i bormi?

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda Tursunov Toshkentda davolanmoqda. Uning shifoxonaga yotqizilgani haqida viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, u joriy yilning 27 iyul kuni Toshkentga olib kelingan. Ayni vaqtda uning umumiy holati va qaysi shifoxonada davolanayotgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, hokimlik o‘z rasmiy sahifasida Qobul Tursunov qaysi xastalik bilan shifoxonaga yotqizilganiga ham aniqlik kiritmagan. QALAMPIR.UZ taxminicha, u ham koronavirusga chalingan. 

“Qobul Tursunov o‘tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq  ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.

Xabar so‘ngida urg‘ulanishicha, hokim to‘liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi.     

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respulikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ham koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham shifoxonaga yotqizilgan. Ammo uning nima sababdan shifoxonaga olingani aniq emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Qobul Tursunov

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing