Navoiy viloyati hokimi sog‘ayib, ishga qaytdi
Jamiyat
−
17 avgust 2020
3832Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkent shahrida davom etgan ma’lum muddat davolanishdan so‘ng to‘liq sog‘aygan hamda o‘z faoliyatini davom ettirishga kirishgan.
Qobul Tursunov viloyat hokimligining mas’ul xodimlari — hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan o‘tkazgan dastlabki yig‘ilishida hududlarda olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish hamda yangi bosqichga olib chiqish, aholi orasida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq har qanday muammolarni oqilona bartaraf etish yo‘llari borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirgan.
“Pandemiyani jilovlash jarayonlarida birinchi navbatda aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, har tomonlama murakkab sharoitda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning barcha bo‘g‘inlarida barqaror ish tizimini ta’minlashda mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘laqonli safarbar etish davr talabidir”, dedi yig‘ilishda Qobul Tursunov.
Eslatib o‘tamiz, Qobul Tursunovning betobligi 31 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. U malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan SSV tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tayotganini aytilgandi.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan infeksiyasidan sog‘ayib chiqqani xabar qilingan edi.