Qobul Tursunov Navoiy hokimi lavozimidan nega olingani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 noyabr 2021
53722Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov sog‘lig‘idagi muammolar tufayli davolanishi talab etilganligi sababli, o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bugun, 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputatlari, Senat a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmonlari bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirgan.
Viloyat hokimi Qobul Tursunov davolanishi talab etilganligi sababli, o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan.
Ayni paytga qadar Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.