Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
08 noyabr 2021 24529 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘rilmoqda.
QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Xalq banki boshqaruvi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev tayinlanishi mumkin.
Shuhrat Atabayev
Qobul Tursunov nima sababdan lavozimidan olingani hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, u 2016 yil 25 dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tuzilgan viloyat hokimlari reytingida Navoiy birinchi o‘rinni egallagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025